Yoshlar kasb-hunarga o’rgatilmoqda

Professional ta’lim tizimini ilg’or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini tashkil qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish maqsadida O’zbekiston Respublikasida Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg’unlashgan yangi boshlang’ich, o’rta va o’rta maxsus professional ta’lim tizimi hamda tabaqalashtirilgan ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim muassasalari tarmog’i yaratildi.

Bugungi kunda xalqaro tasniflagichning 3-darajasiga mos keluvchi kadrlar kasb-hunar maktablarida, 4-darajasiga mos keluvchi kadrlar kollejlarda, 5-darajasiga mos keluvchi kadrlarni tayyorlash texnikumlarda yo’lga qo’yilgan bo’lib, hozirgi kunda ilmiy salohiyati yuqori bo’lgan tajribali o’qituvchilar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalari o’quvchilarga ushbu kasblar bo’yicha dars berib kelmoqdalar.

Bundan tashqari professional ta’lim tizimi oldiga qo’yilgan vazifalar ijrosini to’laqonli ta’minlash, mehnat bozorining ehtiyojlariga mos zamonaviy kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish o’tgan o’quv yillarida amalga oshirilgan ishlar ko’lamini sarhisob qilish, tizimda to’plangan tajribalarni tahliliy o’rganish, innovatsion ta’lim berishning samarali usullarini o’rganish va amaliyotga joriy etish maqsadida chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqildi.

Amalga oshirilayotgan ishlar samarasi o’laroq bugungi kunda professional ta’lim tizimida o’qiyotgan o’quvchilar o’qish bilan bir qatorda daromad topishni o’ziga kasb qilib olmoqdalar.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan