Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida “Worldskills Uzbekistan” tanloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida «Kasbim kelajagimning ishonchli poydevori» shiori ostida «Tikuvchilik» kasbi bo‘yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqa birinchi va ikkinchi bosqich o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Musoboqaga o‘quvchilarning ota-onalari va ish beruvchi tashkilot «Musabekov Sunatullo Xontura o‘g‘li» MCHJ rahbari S.Musabekovlar qatnashdi.
Musoboqa yakunida g‘olib jamoalarga mas’ullar tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alar topshirildi.