XAJIMURATOV ALISHER HIDIRALIYEVICH O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig’i | |
Qabul kunlari Dushanba-juma 10:00 – 15:00 Telefon +998(67)2254425 Fax: +998(67)2254425 | • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi qarorlari, farmoyishlari, majlis bayonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, majlis bayonnomasi qarorlarini boshqarma tasarrufidagi barcha ta’lim muassasalarida ijrosini tashkil etishni va ularning ijrosini ta’minlaydi. • Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish tizimi sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. • Boshqarma vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va boshqarmaga yuklangan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi. • Ta’limi muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish hamda nazorat qilish; • ta’limi tizimiga oid jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ijro intizomini taʼminlash • Professional ta’lim muassasalarining yangi qurilishlarini, rekonstruksiya hamda mukammal ta’mirlash ishlarini vakolati doirasida tashkillashtiradi; • Professional ta’lim muassasalarining moliyaviy faoliyatlarini nazorat qilish va ularni jihozlash hamda o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, malakali pedagog-kadrlar salohiyatini oshirish, ta’minlash va ular malakasini oshirish ishlarini Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda tashkillashtiradi. |
MAMATQULOV AKMAL AHMADJONOVICH O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi sho’ba mudiri | |
Qabul kunlari Dushanba-juma 10:00 – 15:00 Telefon +998(67)2254700 Fax: +998(67)2254425 | • O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning bajarilishini ta’minlaydi; • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda viloyat hokimligi qarorlari, farmoyishlari, majlis bayonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari, majlis bayonnomasi qarorlarini boshqarma tasarrufidagi barcha professional ta’lim muassasalarida ijrosini tashkil etishni va ularning ijrosini ta’minlaydi. • Idoraviy mansubligidan qat’iy nazar barcha professional ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish, o‘quv pedagogik va ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, mutaxassislar tayyorlash sifati, ta’lim sifati, ta’lim mazmuni va darajasini davlat ta’lim standartlari va malaka talablariga mosligini ta’minlaydi. • Mehnat ichki tartib qoidalar va ijro intizomiga qat’iy rioya qiladi. • Boshqarmaning kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar va ularning kadrlar bilan ta’minlanishini, ta’lim muassasalarida maxsus fanlarning o‘qitilishini, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarining o‘tkazishini nazorat qiladi. • Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish sohasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi. • Ilg‘or pedagog, muxandis-pedagoglar hamda ishlab chiqarish ta’limi ustalarining ishlarini ommalashtiradi va ta’lim muassasalari orasida kengaytiradi. Ta’lim muasasalarida konferensiya, (anjuman), seminar va seminar-treninglar tashkil etadi. • Horijiy davlatlar (proekt) loyihasi dasturining viloyatdagi multiplikator kardinatori hisoblanadi va bu borada amaliy ishlarni olib borib, joylarda nazorat ishlarini yo‘lga ko‘yadi, o‘qituvchilarning tarkibini va sifat darajasini aniqlaydi. • Boshqarma boshlig‘ining ma’lum sabablarga ko‘ra ishda bo‘lmagan vaqtlarida boshqarma boshlig‘ining vazifasini bajaradi. |
QO’ZIBOYEV SANJAR MAMANOVICH O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi sho’ba mudiri | |
Qabul kunlari Dushanba-juma 10:00 – 15:00 Telefon +998(67)2253868 | • Ta’limning yangi pedagogik texnologiyalari va o‘qitish uslublarini joriy etishning xalqaro amaliyotga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish, o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini joriy etgan holda o‘quv jarayonini sifat jihatdan yangilash bilan chora-tadbirlarni amalga oshiradi; • O‘qituvchi va o‘quvchilar, yosh tadqiqotchilarning jahon ta’lim resurslari, ilmiy adabiyotlar elektron katalogi va ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish; • Ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ta’lim tizimini takomilashtirish, xalqaro aloqadarni kegaytirish va mutahkamlash, xamkorlikdagi qo‘shma kasb-hunar ta’lim dasturlarini amalga oshirish, ta’lim sohasida erishigan yutuqlarni xalqaro miqyosda keng yoritish; • Ish beruvchilarning extiyojlari va takliflaridan hamda xorijiy tajribadan kelib chiqib, shuningdek iqtisodiyotning real sektoridagi tarkibiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ta’lim muassasalarida mehnat bozorida talab etiladigan mutaxassislarni tayyorlash uchun o‘quv rejalari va o‘quv dasturlar ishlab chiqilishida bevosita ishtirok etadi; • Vazirlik bilan hamkorlikda boshqarma tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida maxsus fanlar kesimida ta’minlanish darajasini o‘rganib chiqib, etiyojlardan kelib chiqib, buyurtmalar beradi. Nashriyotlar bilan shartnomalarni imzolab, uni o‘z vaqtida etkazilishini ta’minlaydi. • Zarurat tug‘ilgan hollarda bir ta’lim muassasasidan, ikkinchi ta’lim muassasasiga yo‘nalishlar o‘zgargan holatlarda kitoblarni balansdan-balansga o‘tishligini ta’minlaydi. • Professional ta’lim muassasalarida kutubxonalar faoliyatini qat’iy nazoratga olib, ularni Nizom talablari asosida ish faoliyatini olib borishligi, unda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarni malaka talablariga mosligi, ular bilan seminar-treninglar tashkil qiladi, turli ko‘rik tanlovlar o‘tishligini ta’minlaydi. • Kutubxona faoliyatida o‘quv adabiyotlari, elektron darsliklar, badiiy adabiyotlar hamda ro‘znomalar fondini yaratib, undan samarali foydalanish choralarini tartibga keltiradi. • Boshqarma tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan ilg‘or o‘qituvchi-pedagoglar tajribalarini ommalashtirish, metodik tavsiyalar, darsliklar ustida ishlayotgan o‘qituvchi xodimlar ishini hayotga tadbiq etishda amaliy yordam ko‘rsatadi hamda boshqarma hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi. • Professional ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan pedagog xodimlar ishini ommalashtirishda ko‘maklashadi. • Tegishliligi bo‘yicha boshqarmaga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan og‘zaki va yozma murojaatlarni ro‘yxatga oladi va belgilangan tartibda hujjatlarni rasmiylashtiradi. |