Bugungi tezkor va globallashuv davri yuqori malakali dasturchi va mutaxassislar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishni taqozo qilmoqda. Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda sohaning etuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Joriy yilning 26 oktabr sanasida IT Park Sirdaryo viloyati filialida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi boshlig’i hamda IT Park Sirdaryo viloyati filiali rahbarli bilan xamkorlikda, professional ta’lim muassasalarning informatika fani o‘qituvchilari uchun «Bir million dasturchi» loyixasi doirasida o‘quv-seminari o‘tkazildi. Seminar davomida ushbu loyixa bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar belgilanib olindi.
Hozirgi kunda barcha ta’lim dargohlarida iqtidorli yoshlar IT sohasini chuqur o‘zlashtirish va dasturlash asoslarini mukammal tarzda o‘rganib borishlari uchun sharoitlar yaratilgan.
Bu esa, kelajak avlodning axborot texnologiyalari sohasidagi savodxonligini yanada oshishi uchun xizmat qiladi.