Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab mamlakatimizda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini rivojlantirish, millatlararo hamjihatlik va totuvlikni mustahkamlash, barcha fuqarolarga millati, dini va ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar teng huquq va imkoniyatlar yaratish davlat siyosatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri etib belgilandi.
Shu asosda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tashkil etildi. Millatlararo do‘stlik va birdamlik munosabatlarini mustahkamlash, barcha millatlarning o‘z qadriyatlarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar yaratib berish, milliy madaniy markazlar faoliyatini kuchaytirish kabi dolzarb vazifalarni amalga oshirish borasidagi xayrli ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi.
Amalga oshirilayotgan ezgu sa’y-harakatlar natijasida bugun yurtimizda 130 dan ortiq millat va elat, 16 ta diniy konfessiya vakillari hamjihatlikda, bir oila farzandidek yashab, mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda. Shuningdek, Sirdaryo tumanidagi mavjud 4 ta professional ta’lim muassasalar o’rtasida «O’zbekiston umumiy uyimiz» shiorti ostida festival tashkil etildi. Ularda yoshlarga o‘zbek tili va o‘z ona tili, urf-odat va an’analar, madaniyat va san’at yo‘nalishlarida bilimlar hamda Muqaddas qadriyatlarimiz, tilimiz va dinimizni qayta tiklanligini eng asosiysi yurtimizda turli millatlarning o‘zaro inoq va ittifoq yashashi uchun barcha sharoitlar muhayyo qilinganligini isboti sifatida bosh Qomusimizning 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, so‘zlarni o‘qib eshittirdi.