Viloyat professional ta’lim muassasalar o’rtasida “Worldskills Uzbekistan” Kasblar chempionati tanloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida «Tikuvchilik» yo’nalishi bo’yicha kasb musoboqasi o’tkazildi.

2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlarstrategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirish, Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish hamda «World skills Uzbekistan» Kasblar chempionati tanloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tassarufidagi ta’lim muassasalari o’rtasida joriy yilning 25 sentabr kuni Sayhunobod tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Tikuvchilik» (Modalar texnologiyasi) yo’nalishi bo’yicha kasb musoboqasi o’tkazildi.

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Musoboqadan ko’zlangan asosiy maqsad:

– o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish; 

– o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish;

– o‘quvchilarning bilim saviyasini, ko‘nikma va malakalarini oshirish, ularni tanlangan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyatiga tayyorgarlik salohiyatini yanada kuchaytirish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish;

– o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik sifatini xolisona baholash;

– ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Musoboqa o’tkazilishidan oldin qatnashchilar xavsizlik texnikasi bilan tanishtirildi.

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Kasblar chempionati qatnashchilarining amaliy ishlarini baholash har bir kompetensiya uchun alohida ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida amalga oshirildi

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Musoboqa yakunida birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin g‘olib jamoalarga mas’ullar tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari topshirildi.

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan