2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mehnat bozori talablariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ta’lim sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish, innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish orqali mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirish, Professional ta’lim tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang‘ich, o‘rta va o‘rta maxsus professional ta’lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalb qilish hamda «World skills Uzbekistan» Kasblar chempionati tanloviga tayyorgarlik ko’rish maqsadida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tassarufidagi ta’lim muassasalari o’rtasida joriy yilning 24 sentabr kuni Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabida «Payvandlash» yo’nalishi bo’yicha kasb musoboqasi o’tkazildi.
Musoboqadan ko’zlangan asosiy maqsad:
– o‘quvchilarning o‘zlari tanlagan kasblar bo‘yicha kasbiy ko‘nikma va malakalarni egallashga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirish;
– o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga o‘rgatish;
– o‘quvchilarning bilim saviyasini, ko‘nikma va malakalarini oshirish, ularni tanlangan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyatiga tayyorgarlik salohiyatini yanada kuchaytirish, kasbiy mahoratlarini oshirishga keng imkoniyatlar yaratish;
– o‘quvchilarning kasbiy tayyorgarlik sifatini xolisona baholash;
– ta’lim muassasalari bilan oliy ta’lim muassasalari, tashkilot va ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat.
Musoboqa o’tkazilishidan oldin qatnashchilar xavsizlik texnikasi bilan tanishtirildi.
Kasblar chempionati qatnashchilarining amaliy ishlarini baholash har bir kompetensiya uchun alohida ishlab chiqilgan baholash mezonlari asosida amalga oshirildi
Musoboqa yakunida birinchi, ikkinchi va uchinchi o’rin g‘olib jamoalarga mas’ullar tomonidan diplom hamda estalik sovg‘alari topshirildi.
Viloyat kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tomonidan belgilangan reja-jadvalga muvofiq barcha ishchi kasblar bo’yicha shu kabi musobaqalar o’tkazilishi davom etmoqda.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi axborot xizmati