Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi professional ta’lim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan rus tili fani o‘qituvchilari uchun Rossiya Federatsiyaning “Rossiya xalqlar do‘stligi” universiteti bilan hamkorlikda malaka oshirish kursi tashkil etildi. Malaka oshirish kurslarini muvofaqqiyatli yakunlagan tinglovchilarga “Rossiya xalqlar do‘stligi” universitetining O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi direktori Andrey Viktorovich Kolesnikov tomonidan bitiruv sertifikatlari topshirildi.