Guliston tumani kasb-hunar maktabiga biriktirilgan A.Yassaviy MYFda «Biznes marafon» mativatsion treningi bo’lib o’tdi

Guliston tumani kasb-hunar maktabiga biriktirilgan A.Yassaviy MYFda ishsiz, uyushmagan yoshlar va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari hamda yoshlar daftarida turuvchi yoshlar uchun «Biznes marafon» mativatsion treningi doirasida «Guliston istiqboli sari» MChJ ga qarashli issiqxona va «Kamilla» tikuv markaziga tashrif buyurishdi. Ushbu tadbirda yoshlar issiqxona faoliyati hamda tikuvchilik va qo’l mehnati sirlari haqida amaliy ma’lumotlarga ega bo’lishdi .Ushbu biznes uchrashuv yoshlarda katta ta’ssurot qoldirdi shundan so’ng kasb-hunar maktabi faollar zali binosida yoshlar bilan tadbirkorlar o’rtasida ochiq muloqot bo’lib o’tti.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan