O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 07 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi axolisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabidagi mavjud Axborot-resus markazi tugatilib, o‘rnida Axborot-kutubxona markazi tashkil etildi. Bugungi kunda Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi Axborot-kutubxona markazida umumiy o`quv adabiyotlar fondi 6916tani tashkil qiladi. Shundan umumta`lim fanlar 2321tani, maxsus fan 3211tani, baddiy adabiyotlar 650tani, siyosiy adabiyotlar 410tani va elektron darsliklar hamda slaydlar 195tani tashkil qiladi.
O‘quvchi yoshlar uchun Axborot-kutubxona markazida barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabida Axborot-kutubxona markazi maxsus orgtexnika komplekti bilan ta`minlangan bo`lib internet tarmog‘iga ulangan. Kasb-hunar maktabining o‘qituvchi, o‘quvchi va xodimlari internet tarmog‘idan foydalanib kerakli ma`lumotlarni olishadi.
Axborot-kutubxona markazida 255 dona QR-kod elektron adabiyotlarimiz mavjud. Kasb-hunar maktabining direktori J.Q.Raximov namuna bo‘lib may oyida Yevgeniy Berezikovning “Buyuk Temur” hamda Chingiz Aytmatovning “Qiyomat” asarlarni QR-kod orqali yuklab olib o‘qimoqda.
Axborot-kutubxona markazida 250ta obunachimiz mavjud. Barcha obunachilarimizga maxsus kartochka (formulyar) ochilgan bo‘lib, 120dan ortiq obunachilarimiz har kuni Axborot- kutubxona markazidan foydalanishadi.