O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 apreldagi “Yoshlar tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash va bandligiga ko’maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-6208-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan barcha professional muassasalari “Mahallabay” ishlash tizimi bo’yicha mahalladagi uyushmagan yoshlarni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularga yaqindan ko’mak berish maqsadida biriktirildi.
Professional ta’lim muassasalarining uyushmagan yoshlar bilan ishlash bo’yicha chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, ularni bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli intellektual o’yinlar tashkil etilmoqda.
Mirzaobod texnologiya texnikumi tomonidan Mirzaobod tumanidagi “Navro’z” MFY uyushmagan yoshlari bilan “Zakovat” intellektual o’yinlari tashkil etilib, turli yo’nalishlar bo’yicha to’garak mashg’ulotlariga jalb etilmoqda.