Sirdaryo viloyati kasb-xunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi hamkorligida “Assotsiatsiya kubogi” futbol musobaqasi tashkil etildi (+FOTO)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5887-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi hamda Sirdaryo viloyati futbol assotsiatsiyasi hamkorligida “Assotsiatsiya kubogi” futbol musobaqalari kasb-hunar maktablari o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etildi.

O‘quvchilarni darsdan so‘ng bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va 5 ta  muhim  tashabbusning ikkinchi yo‘nalishi “Yoshlarning jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida  qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirish” bo‘yicha o‘tkazilgan “Futbol” sport musobaqalarida 11 ta kasb-hunar maktabining jamoalari ishtirok etdi.

Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi
Foto: Kasbiy ta’lim boshqarmasi

O‘tkazilgan sport musobaqalarida

Boyovut tumani 1-son kasb-hunar maktabi I-o‘rin,

Sayxunobod tumani 2-son kasb-hunar maktabi II-o‘rin,

Xovos tumani 1-son kasb-hunar III-o‘rinni egallashdi.

Musobaqa g‘oliblari xamkor tashkilotlarning estalik va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.

Sirdaryo viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi matbuot xizmati

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan