2021 yil 22 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi hamda IT-Park mutaxassislari tomonidan Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalarining informatika fani o’qituvchilari uchun “Bir million dasturchi” loyihasi haqida seminar-trening o‘tkazdilar. Seminarda universitetning 20 nafar o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Davra suhbati tarzida tashkil etilgan tadbirda yig‘ilganlarga mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning uchinchi yo‘nalishi doirasida viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek “Bir million dasturchi” loyihasi haqida batafsil tushunchalar hamda ularning qiziqtirgan savollariga javob berdilar.
Eslatib o‘tamiz: “One Million Uzbek Coders” loyihasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi va “Dubai Future Foundation” (BAA) jamg‘armasi tomonidan investisiyalar va tashqi savdo vazirligi, shuningdek xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.
Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi matbuot xizmati