Mamlakatimizda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy qilish, aholining ishchanlik faolligini oshirish, ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali bandligini taminlash maqsadida, Sirdaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi 14ta professional ta’lim muassasalarida kasblarga o‘qitish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslar tashkil etildi.
2020-2021 o‘quv yilida professional ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslarda 14 ta kasblar bo‘yicha (Tikuvchi, Buxgalter, Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish, Elektromontyor, Payvandlovchi (elektrogazpayvandlash), 1S buxgalteriya, Traktorchi-mashinist, Kompyuter tizimlariga xizmat koʻrsatuvchi, Ayollar sartaroshi, Pazandachilik, Elektrik, Oshpaz, Kashtachilik, Kompyuter operatori) 888 nafar ishsiz aholi va yoshlar o‘qitilib ularga kvalifikatsiyani egallash bo‘yicha sertifikatlar topshirildi.