“Sirdaryo viloyatida 2021 yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturi”ning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Sirdaryo viloayati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi tasarrufidagi kasb-hunar maktablarida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
Dasturning 64-bandi bo’yicha “Professional ta’lim muassasalarida harbiylar, faxriy harbiylarni jalb qilgan holda vatanparvarlik mavzularida davra suhbatlarini o’tkazish va hujjatli filmlar namoyish etish” belgilangan.
Dasturning 64-bandi ijrosi yuzasidan “O’zbek yigiti – mustaqillik posboni!” mavzusida Xovos tumani 2-son kasb-hunar maktabida ДХХ CHQ 3252 Harbiy qism bo’linmasining kichik serjanti J.Esanov hamda oddiy askar Sh.Xamidjonovlar ishtirokida davra suhbati va master klass tashkil etildi.
Tadbir davomida o’quvchilarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh va o’z ona yurtiga sitqidildan xizmat qilish har bir o’zbek farzandining vatan oldidagi muqaddas burchi ekanligi to’g’risida targ’ibot ishlari amalga oshirildi.