Tadbir davomida maktab direktori G.Saitqulova mustaqillik yillarida O’zbek xalqining boy madaniy merosi, ayniqsa, buyuk bobokalonlarimiz Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa ko‘plab allomalar tomonidan yaratilgan nodir, bebaho ilmiy asarlarning jahon taraqqiyoti, ilm-fani rivojidagi ahamiyati, ilmiy salohiyati, insoniyat tafakkurining, ayniqsa, yosh avlod ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni va roli nihoyatda muhim ekanligini ta’kidladi.
Zahiriddin Muhammad Bobur O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lishi bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda hamdir.
Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo’lsa, serjilo o’zbek tilida yozilgan «Boburnoma» asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Uning nafis g’azal va ruboiylari turkiy she’riyatining eng nodir durdonalari bo’lib, «Mubayyin» («Bayon etilgan»), «Xatgi Boburiy», «Harb ishi», Aruz haqidagi risolalari esa islom qonunshunosligi, she’riyat va til nazariyasi sohalariga munosib hissa bo’lib qo’shildi.
Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi axborot xizmati