Jumladan, dunyoni hayratga solgan yirik davlat va madaniyat arbobi Boburning 538 yillik yubileyi munosabati bilan o‘quvchilar «Bobur mohir sarkarda va donishmand tarixchi», «Bobur she’riyati haqida», «Zakovatli olim va tarjimon» mavzularida ma’ruza qildilar. So‘zga chiqqanlar shoirning hayoti murakkab va ziddiyatli, o‘spirinlikdan to umrining oxirigacha jang-u jadallar, zafar va mag‘lubiyat bilan kechganligini tadbir ishtirokchilariga so‘zlab berdilar.
Shuningdek, davra suhbatlari, adabiy-ijodiy o‘yin hamda viktorinalar ham tashkil etildi.