O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi №89-02-0862-sonli qo’shma xatiga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2020 yil 9 dekabr kuni kengaytirilgan tarzda o’tkazilgan videoselektor yig’ilishining “Turizm sohasini rivojlantirish hamda aholining jismoniy faolligini oshirish borasidagi ishlarni jadallashtirish chora-tadbirlar to’g’risida”gi 97-sonli bayonining ijrosini ta’minlash maqsadida kasb-hunar maktablari o’quvchilarini yurtimizning diqqatga sazovar joylariga sayohat uyushtirish bo’yicha ishlab chiqilgan reja-grafik asosida sayohatlar tashkil etilmoqda.
Sirdaryo viloyatida 2021 yil davomida yoshlar bilan ishlashning yangicha tizimini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturining 22-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida Oqoltin tumani kasb-hunar maktabining o’qituvchi hodimlari va iqtidorli o’quvchilari 2021 yil 24 yanvar kuni Toshkent shahriga sayohat uyushtirdilar.
sayohat davomida poytaxtimizning diqqatga sazovar joylari bilan bir qatorda O’zbekiston davlat tarixi muzeyiga ham tashrif buyurishdi. Ushbu sayohatlar o’quvchilarimizning yurtimiz tarixini o’rganishlarida muhim o’rin tutib kelmoqda.