Joriy yilning 22 yanvar kuni Xovos tuman 1–son kasb–hunar maktabida Xovos tumani Adliya bo‘limi boshlig‘i I.Qayumov, Xovos tuman Agrobank filiali xodimi X.Isonov, kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari Z.Latipov, Moliya – iqtisod ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari A.Melikov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha direktor o‘rinbosari O.Shodmonov, Katta usta Sh.Eshonqulovlar hamda hamkor tashkilot va korxonalarning ma’sul xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prizedentining 2020 yil 25 dekabr kuni Yoshlar formuda so‘zlagan nutqi va 2020 yil 29 dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojatnomasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, 2021 yil “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” munosabati bilan kasb–hunar maktabi o‘quvchi – yoshlari o‘rtasida yuqoridagi vazifalar bo‘yicha davra suhbatlari o‘tkazilib video lavhalar namoyish etildi hamda tadbir davomida Xovos tuman Agrobank filiali xodimi X.Isonov tomonidan o‘quvchi – yoshlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida maktabning 52 nafar o‘quvchilariga “HUMO” plastik kartalari tantanali ravishda topshirildi.
Yuqoridagi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida amaliy ishlar davom ettirlmoqda.