Joriy yilning 14-yanvar kuni Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabida 14-Yanvar «Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan «Kim yurtiga sodiq bo’lsa-mendirman o’sha» shiori ostida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Farg’ona viloyati So’g’d tumani 12494 harbiy qism serjanti Azamov Azizbek Alisher o’g’li, Hosilobod MFY profilaktika inspektori Xasanov Erkin Kupayevich, Mirishkor MFY profilaktika inspektori Karimov Elmurod Raxmatullayevichlar qatnashdilar. Tadbirning birinchi qismida bo’lajak vatan himoyachilarining safda yurishlari va saf qo’shiqlarini ijrosi bo’yicha, hamda 5 tashabbus doirasida sportning (qo’l kurashi, arqon tortish, tosh ko’tarish va boshqa turlari) bo’yicha bellashdilar.
Manba: Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi