Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabida “Yoshlar oyligi” doirasida “Tadbirkorlik va kasb-hunar haftaligi”ni davomida Milliy va Yevropa taomlarini tayyorlash boʻyicha kasb –hunar maktabining o’quvchi qizlari o’rtasida festival tashkil etildi.
Ushbu festival orqali o’quvchi qizlarning pazandalik mahoratlari ham baholandi. Tumandagi oshpazlik mahoratiga ega ekspertlar guruhi ushbu jarayonlarni katta qiziqish bilan kuzatib bordilar.