«Sirdaryo viloyatida mavjud muammolarni yechimiga qaratilgan innovatsion gʻoyalar» tanloviga ro’yxatdan o’tish boshlandi.

DIQQAT TANLOV!
VILOYAT HOKIMI SOVRINI!

⭐️»Sirdaryo viloyatida mavjud muammolarni yechimiga qaratilgan innovatsion gʻoyalar» tanloviga ro’yxatdan o’tish boshlandi.

Tanlovda Sirdaryo viloyati bo’yicha 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan iqtidorli yoshlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’tkaziladi:

— Qishloq xoʻjaligi yoʻnalishi;
— IT va raqamlashtirish;
— Fan va Taʼlim texnologiyasi;
— Sanoat yoʻnalishi;
— Tibbiyot sohasi;
— Yashil energiya;
— Qurilish sohasi;
— Turizm;
— Robototexnika va mexatronika;
— Xizmat koʻrsatish sohasi.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tish va loyiha taqdimotini elektron tarzda taqdim etish talab etiladi. Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi ma’lumotlarni @s_otayorov ga yozib yuboring:
🏷— Ism-familiya, yashash manzili va telefon raqam;
🏷— G’oya taqdimoti (ppt, pdf shaklida)

✅ Tanlovga ro’yxatdan o’tish 13-iyundan 23-iyunga qadar davom etadi.
Ro’yxatdan muvvafaqiyatli o’tgan ishtirokchilar o’z taqdimotlaarini Saralash komissiyasi qarshisida himoya qilib berishi talab etiladi (25-iyun)

💵 Tanlov g’oliblari loyihasi viloyat hokimligi tomonidan moliyalashtirishga koʻmaklashiladi. Shuningdek, Viloyat hokimining maxsus serifikat va esdalik sovg’alari topshiriladi.

Batafsil ma’lumot uchun:
+998990056214 Sarvar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan