Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi hamda “YO’LREFTRANS AJ”, O’zbekiston Xitoy QK “WANG DA GROUP” Sirdaryo metall konstruksiyalari korxonalari o’rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

Dual ta’lim – o’quvchining mutaxassisligiga mos keladigan korxonalar bilan shartnomalar imzolash, korxona talabidan kelib chiqqan holda kadrlar tayyorlash bo’yicha Sirdaryo tumani kasb-hunar maktabi hamda “YO’LREFTRANS AJ”, O’zbekiston Xitoy QK “WANG DA GROUP” Sirdaryo metall konstruksiyalari korxonalari o’rtasida hamkorlik shartnomalari imzolandi.

2024/2025-o’quv yilida “Dual” ta’lim yo’nalishlariga qabul qilinadigan o’quvchilar korxonalarda ishlab ham o’qish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Bundan tashqari o’quvchilarga korxona tomonidan oylik maoshlari to’lab beriladi. O’qishni tamomlaganlaridan so’ng mazkur korxonalarda ish faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin bo’ladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan