Sirdaryo viloyatida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining tuman (shahar) va viloyat bosqichi g‘oliblariga pul mukofotlari topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18-yanvardagi 30-sonli qaroriga asosan har yili “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda.


Mazkur tanlov doirasida 2024 yilda viloyatda 3278 nafar yoshlar ro‘yxatdan o‘tib, shundan 322 nafari IQ test sinovlarini muvaffaqiyatli topshirdi.
Tanlovning I-tuman va shahar bosqichi joriy yilning fevral-mart oylarida, II-viloyat bosqichi aprel oyida bo‘lib o‘tdi. I-bosqichda jami 55 nafar nomzod hamda II-bosqichda 20 nafar nomzodlar g‘olib deb topildi.
Gʻoliblarga mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 162 mln. so‘m, 55 nafar g‘oliblarga BXMning
5 barobari, 20 nafar g‘oliblarga BXMning 10 barobari miqdorida pul mukofotlari viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan tantanali ravishda topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan