16-fevral kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Komiljon Karimov raisligida Sirdaryo viloyatidagi professional ta’lim muassasalari faoliyatini kompleks o‘rganish natijalari yuzasidan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda professional ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoni va yoshlarni kasbga o‘rgatishni tashkil etish, ta’lim sifatini ta’minlash borasida xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan qator rahbarlarga nisbatan joyida tegishli choralar ko‘rilganligi ma’lum qilindi.