Ayni kunlarda pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifasini berishning avtomatlashtirilgan yangi tizimi – pedagog.edu.uz platformasi orqali hujjatlar qabuli davom etmoqda.
Talabgorlarga qulaylik yaratish, ularga attestatsiya jarayonlari haqida huquqiy tushuncha berish, shuningdek tizimdan ro‘yxatdan o‘tish borasida amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida alohida “Call-center” ishga tushirildi.
Endilikda talabgorlar attestatsiyadan o‘tkazish va malaka toifasini olish jarayoni yuzasidan savollariga 55 520-08-08 (75 ichki) raqami yoki maxsus Telegram bot (https://t.me/pedagog_supportbot) orqali javob olishlari mumkin.
“Call-center” xizmati yakshanba kundan tashqari har kuni soat 9:00 dan 18:00 ga qadar faoliyat ko‘rsatadi.
❗️Eslatma: ushbu xizmat faqat o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga lavozim va malaka toifalarini berish tizimi pedagog.edu.uz platformasi va attestatsiya jarayonlariga taalluqli savollarga javob berish uchun tashkil etildi. Boshqa masalalar yuzasidan 1006 Ishonch telefoni orqali murojaat qilinadi.