Sirdaryo viloyatida o‘quvchilarni o‘z kasbining yetuk ustasi va zamonaviy texnika vositalari bilan ishlay olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida “Nazariyot va amaliyot bir maskanda” ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Unga asosan viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 13 ta professional ta’lim muassasalarining 411 nafar o‘quvchilari dual ta’lim tizimida ta’lim olishlari uchun 85 ta yirik sanoat korxonalari, ish beruvchi tashkilotlar va muassasalarga biriktirildi hamda ular bilan ikki tomonlama shartnomalar tuzildi.
Xususan, Xovos tuman 1-son kasb-hunar maktabining 61 nafar o‘quvchi-yoshlari tumandagi «Textile Fashion» MCHJda ham o‘qib, xam ishlab chiqarish jarayonlarida bevosita ishtirok etishlari uchun 2 tadan o‘quv sinflari tashkil etildi.
shu bilan birga o‘quvchilarning ishlab chiqarish jarayonidagi ishtiroki va ular tomonidan tayyorlangan mahsulotlar hamda ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash yo‘lga qo‘yildi.
Yangi tashkil etilgan dual ta’lim tizimi yoshlarga ta’lim olishlari va nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay bilishlari hamda mablag‘ ishlab topishlari uchun katta imkoniyat bo‘lmoqda. Hozirda ushbu tizimda o‘quvchi yoshlar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash bilan birga 1,5 mln so‘mdan 2 mln so‘mgacha oylik maosh olib, oila budjetiga salmoqli hissa qo‘shmoqdalar.