Kasb-hunar maktabining tumandagi o‘rta bo‘g‘in uchun kadr tayyorlashdagi tutgan o‘rnini mustahkamlash, o‘quvchilarning kasbiy mahoratini namoyish etish maqsadida tashkil etilgan «Kasb mahorati» darslariga Boyovut tuman hokimi Dilfuza Uralova, sektor rahbarlari va ish beruvchi tashkilot taklif etildi.
Tadbir davomida mehmonlar kasb-hunar maktabida o‘quvchi-yoshlarni bilim olishi uchun yaratilgan sharoitlar, jumladan, o‘quv ustaxonalari, o‘quv xonalari, o‘quvchilar uchun tashkil etilgan kasb to‘garaklar faoliyati yaqindan tanishdilar.
Bundan tashqari tuman hokimi Dilfuza Uralova o‘quv amaliyot jarayonida ishtirok etib, o‘quvchilar bilan tanlagan mutaxassisliklari bo‘yicha samimiy suhbat olib bordi hamda O‘quv yili davomida fan olimpiyada va turli musobaqalarda yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar va o‘quvchilarni esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.