Joriy yilning 12-oktabr kunida O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi va yirik investor Acwa Power kompaniyasi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda hamkorlik dasturi asosida amalga oshirilgan ishlar tahlili ko‘rib chiqildi hamda Shirin energetika kolleji va Acwa Power kompaniyasining kelgusi 5 yilga mo‘ljallangan hamkorlik strategiyasini ishlab chiqishga kelishib olindi.
Dasturga ko‘ra 5 yil mobaynida o‘rta bo‘g‘in mutaxassislarni tayyorlashda xalqaro standartlarni joriy etish, ISO sertifikatlarini olish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Dasturni bosqichma bosqich amalga oshirish va bunda Shirin energetika kollejini energetika soxasidagi o‘rta bo‘g‘in kadrlarni yetishtirib berishda respublikamizdagi tayanch professional taʼlim muassasasiga aylantirish masalalari kelishib olindi.
O‘zaro kelishuvda EWA akademiyasi va kollej o‘rtasida malakali instruktorlar uchun tajriba almashish platformasini ishlab chiqish, amaliyot xonalarini mos jihozlar va asbob-uskunalar bilan taʼminlash hamda quyosh, shamol va yashil vodorod energetikasi tayyorlov yo‘nalishlari o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.