Joriy yilning 24-oktabr kuni Shirin energetika kollejida o’zaro tajriba almashish va dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni tegishli fan (modul)ning yoki amaliyotning texnika va texnologik yutuqlaridan va yangiliklardan xabardor bo‘lishlariga erishish, zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotni tashkil etish va o‘tkazish, raqamli ta’lim resurslaridan foydalanish va shu tariqa ta’lim sifatini oshirish hamda tayyorlanayotgan kadrlarning raqobatbardoshligini ta’minlash maqsadida ochiq dars mashg‘ulotlari o’tkazildi.
Informatika fani o’qituvchisi Nargiza Zulfanova, Xorijiy til o’qituvchisi Xayitova Birobiyabeka, rus tili o’qituvchisi Zubayra Abdiyeva, matematika fani o’qituvchilari Murod Gaybullayev, Tursunali Qurbonov, ishlab chiqarish ta’limi ustasi G’iyosiddin Mamasharipovlarning mashg’ulotlari alohida e’tirofga sazovor bo’ldi.