Innovatsion rivojlanish agentligi tashabbusi bilan Sirdaryo viloyatining Sirdaryo hamda Boyovut tumanlari innovatsion rivojlanish masalalari bo’yicha o’rinbosarlari, Sirdaryo viloyati Innovatsion rivojlanish sho’basi mutaxassislari hamda mahalliy tadbirkorlardan iborat delegatsiya, Farg’ona viloyatida bo’lishdi. Tashrif davomida Innovatsion texnologiyalar va loyihalar transferini amalga oshirish masalalari muxokama qilindi.
Delegatsiya a’zolariga “FERPI MECH-TECHNO” unitar korxonasida “Detallarni ishlab chiqarishda gazlantirishga asoslangan innovasion quyish texnologiyasini joriy qilish hamda metal mahsulotlarini ishlab chiqarish” tijoratlashtirish loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida loyiha rahbari Nazarmatov Oxunjon Sotvoldiyevich tomonidan to‘liq ma’lumot berildi. O‘zbekiston respublikasiga kirib kelayotgan import detallarni 80% metal detallar xisoblanadi, bular reduktorlar korpusi, elektr motorlar korpuslari, nasos va shu kabi metal detallar xisoblanadi.
Viloyatimizda murakkab yuzali detallarga ishlov berish va notexnolagik detallarni tayyorlashdagi yuzaga keladigan muammolarni bartaraf yetish hamda ishlab chiqarish korxonalari, hududlarda metall importini kamaytirishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va tadbirkorlik subektlariga loyihalashdagi muammolarni bartaraf yetish orqali quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish:
– Pressforma, shtamp, qoliplarni mexanik ishlov berish yo‘li bilan yasash;
– Murakkab yuzali detallarga ishlov berish,
– Tishli g‘ildiraklarni ishlab chiqarish,
– Val, vtulka, silindrsimon detallarni ishlab chiqarish,
– Detallarga jilvirlash dastgohida ishlov berish,
– Detallarga frezirlik dastgohida ishlov berish,
– Loyihalash ishlari,
– Konveyer va linyalarni ishlab chiqarish,
– Murakkab metal konstruksiyalarni loyihalash va yasash.
– Mayda seriyali mashina detallarni ishlab chiqarish.
«Kompyuter simulyasiyasini, intellektual asboblarga asoslangan avtomatlashtirishni, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya muammolarini, shuningdek, ta’lim, fan va ishlab chiqarishda reinjiniringni rivojlantirish markazini tashkil etish» tijoratlashtirish loyihasi rahbari Matkarimov Behzod Baxtiyorjon o‘g‘li tomonidan, Iqtisodiyotning real tarmoqlari muammolarini yechish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’limni ishlab chiqarish korxonalari bilan integratsiyalash, ilmiy ta’dqiqot natijalarini amaliyotga tadbiq qilish, mahalliylashtirish shu orqali valyuta sarfini qisqartirish hamda mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumotlar berildi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha Sirdaryo viloyati tadbirkorlari bilan hamkorlikda koorporatsion ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Memorandum imzolandi.