Yangiyer pedagogika kollejida 3 guruhdan iborat o’quvchi yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo’lib o’tdi.

Yoshlarning har tomonlama bilimli, yetuk shaxs bo‘lib yetishishi mamlakatning bugungi kuni va ertasi rivojining zamini bo‘lib xizmat qiladi. Yurtimizda yoshlar ishlari masalasiga alohida eʼtibor berilmoqda. Yoshlarning taʼlim olishi, o‘z isteʼdodlarini ro‘yobga chiqarish uchun barcha sharoitlar yaratib berilmoqda.

Xususan, o‘quvchilarning bilimlari va malakalarini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish, ularni ilm-fanga keng jalb etish maqsadida. Joriy yilning 22-sentabr sanasida Yangiyer pedagogika kollejida 3 guruhdan iborat o’quvchi yoshlar o’rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini bo’lib o’tdi.
 
Intellektual bellashuv topqirlik, tezkorlik va zukkolik bilan ko‘tarinki ruhda  o‘tkazildi. Bellashuv yakuni bo‘yicha g‘olib jamoaga tashkilotchilar tomonidan sertifikat va sovrinlar bilan taqdirlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan