⚡️2023 yilga yurtimizda “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da professional taʼlim sohasida o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash, professional taʼlim muassasalarini 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarligini zamon talabi darajasida taʼminlash, rahbar va pedagoglarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish, o‘quv-metodik taʼminoti kuchaytirish, taʼlim sifatini oshirish, taʼlim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat bozori va taʼlim sifatini oshirish taʼlim jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, mehnat bozori va taʼlim integratsiyasini taʼminlash, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish maqsadida Joriy yilning 29 avgust kuni Avgust kengashi tashkil etilmoqda.
✅Mazkur kengashda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Professional taʼlimni rivojlantirish institut bosh mutaxassisi Amanova Maxsuda Abdug‘affarovna Professional taʼlim tizimini 2023-2024-o‘quv yilida o‘quv metodik taʼminlash choralari, Shirin energetika kolleji direktori Xusanov Alfarobi Xaitmatovich “Asva pover” XK vakili ҲОССАМ Аҳмед Ҳасанеин Professional taʼlim muassasalarida xalqaro hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasi, Boshqaruv mahorati kafedrasi dotsenti Qodirova Lutfiya Botirovna Taʼlimda 4 K kontsepsiyasi mavzularida taqdimot qilishdi.
✅Shuningdek, anjumanda o‘quv yili samarali mehnati, shijoati, ulkan tajribasi bilan shaxsan hissa qo‘shgan hamda Respublika ko‘rik tanlovlarida ishtirok etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan bir qator direktorlar, o‘qituvchilar tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.