⚡️Sirdaryo pedagogika kollejida 2023 yil 24 avgust kuni “Sifatli ta’lim va malakali mutaxassis-barqaror iqtisodiyotning asosi” shiori ostida 3-sho’ba yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
3-sho`ba yig‘ilishida maxsus fan o‘qituvchisi M.Abduraxmanova “Ta’lim va ijtimoiy sohada ustuvor vazifalar, “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili ”Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar”, maxsus fan o‘qituvchisi R.Abdurazzaqova “Rahbar va pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish, ta’lim sifatini oshirishda pedagoglar oldiga qo‘yiladigan vazifalar”, maxsus fan o‘qituvchisi M.To‘raqulova “Mehnat bozori va ta’lim integratsiyasini ta’minlash, o‘qitishning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish” mavzularida tahliliy ma’ruzalar qilishdilar. Mavzular yuzasidan savol-javoblar, fikr mulohazalar bildirildi.
Sho’ba yig‘ilish yakunida 2023-2024 o‘quv yili uchun boshqarma sho’ba mudiri S.Qo‘ziboyev tomonidan quyidagi vazifalar belgilab berildi:
✅ Kollejda innovatsion texnologiyalar asosida amaliy kasbiy ta’lim jarayonini tashkil etishdagi ilg‘or tajribalar va yuqori salohiyatli pedagoglarni ish tajribalarini ommalashtirish uchun 2023 yil 20 sentyabrgacha 5 nafar maxsus fan o‘qituvchilarining ochiq darslarini yuqori saviyada tashkil etib, ommalashtirish uchun boshqarmaga taqdim etish;
✅ Yangi o‘quv yilidan “Eng yaxshi raqamli ta’lim resurslari” yaratish bo‘yicha o‘tkaziladigan ko‘rik tanlovda kollejdan 2 nafar maxsus fan o‘qituvchisini ishtirokini ta’minlash;
✅ ZOOM platformasi va telegramm messenjeri orqali maxsus fan o‘qituvchilarining ochiq darslarini viloyat miqyosida namoyish etishni yo‘lga qo‘yish.