Innovatsion rivojlanish agentligi direktori “SULTON” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan tanishdi.


Agentlik direktori “SULTON” fermer xo‘jaligi va Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan “Chorva ozuqalarining ozuqaviy miqdorini tekshirish orqali sohani rivojlantirish” tijoratlashtirish loyihasini hududning va tarmoqning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga taʼsiri bo‘yicha fermer xo‘jalik rahbari Xodjabekov Nuriddin Sultonovich bilan suhbat olib borildi.


Taklif etilayotgan loyihada chorva mollari va parrandalarning ozuqa ratsionlari to‘yimliligi energetik ozuqa birligida meʼyorlashtiriladi. Bu ozuqalardan samarali foydalanish, hayvonlarning to‘la qimmatli oziqlantirish va mahsuldorligini ko‘paytirish, pirovard natijada sohaning iqtisodiy samaradorligini 20-30 foizgacha oshirish imkoniyatini yaratadi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan