Joriy yilning 17 avgust kuni OTMlar taqdimoti qabul qilindi.

⚡️Joriy yilning 17 avgust kuni Sirdaryo viloyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar boshqarmasida viloyat oliy taʼlim muassasalari Guliston davlat universiteti, Guliston davlat pedagogika instituti, Toshkent kimyo texnologiyalar instituti Yangiyer filiallarining yangi o‘quv yili boshidan talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasidagi ishlarni tashkil etish, ularga har tomonlama qulay sharoit yaratish maqsadida mas’ul rahbarning taqdimoti qabul qilindi.

Taqdimotda talabalar turar joyidan o‘rin olish huquqiga ega yuqori kurs talabalariga TTJlarning to‘liq tarqatilganligi;

Talabalar turar joylari bilan taʼminlanmagan ijaraga ehtiyoji bor talabalar uchun yangi ijara uyIarining topilishi va ularning manzilli ro‘yxati shakllantirilganligi

Yangi topilgan ijara xonadonlari ro‘yxatini ijara xonadoniga ehtiyoji mavjud talabalarga taqdim etish  hamda yangi o‘quv yili boshida talabalarning o‘zlari tanlagan ijara uylariga joylashishini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar;

Yangi topilgan ijara xonadonlarining birma-bir o‘rganilishi va ehtiyojga muvofiq ularning zarur jihozlar bilan taʼminlash va taʼmirlash ishlarining borishi;

Talabalar turar joylarining badiiy sanʼat asarlari, jumladan, ota-ona siymosi aks ettirilgan portretlarni belgilangan namuna asosida joylashtirish vazifalari bo‘yicha taqdimot qilindi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan