Musobaqada Boyovut tumanida joylashgan professional ta’lim muassasalari o’quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, tezkor savol-javob, «AKM» avtomatini qismlarga ajratish va yig’ish, turnik tortinish, estafeta yugurish hamda pnevmatik quroldan o’q otish shartlari bo‘yicha bellashishdi.
Murosasiz kechgan musobaqaning yakuniy natijalariga ko‘ra Boyovut tuman 2-son kasb-hunar maktabi o’quvchilari g‘oliblikni qo’lga kiritdi. G‘olib jamoalar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi