📆 Joriy yilning 14-iyun kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi bilim va malakalarni baholash sho‘basi mudiri A.Bahromov hamda Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov, Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarovlar Guliston shahridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi binosining qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdilar.
💠 Ushbu majmua abituriyentlar uchun zamonaviy, qulay shart-sharoitlarga ega pavilyonlar, oshxona, tibbiyot xonasi, kompyuter xonalar, dam olish va bo‘lim xodimlari xonalaridan iborat bo‘ladi.
Kelgusida yangi o‘quv yili abituriyentlari shu yerda test sinovlaridan o‘tishlari rejalashtirilgan.