Rossiya Federatsiyasining “KAMAZ” ommaviy aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikni rivojlantirish, professional ta’lim muassasalari birituvchilarini kompaniyada mavjud imkoniyatlar bilan tanishtirish maqsadida joriy yilning 12-iyun kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan “INNO texnopark”ida “Kamaz kunlari” tadbiri bo’lib o’tdi.
Bugungi kunda “KAMAZ” kompaniyasida sinovchi-haydovchi, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, avtotransport vositalariga texnik xizmat koʻrsatish kabi mashinasozlik sohasidagi kasblar boʻyicha 1500-2000 nafar oʻrta boʻgʻin kadrlarga ehtiyoj mavjud.
Mazkur tadbirda Sirdaryo viloyati professional ta’lim muassasalarining avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish, payvandlash, shinomontaj chilangari, metallurgiya, transport va mashinasozlik sohalari bo‘yicha ta’lim muassasa direktorlari hamda 250 nafardan oshiq bitiruvchi yoshlar ishtirok etishdi.