Nazariy va amaliy bilimlarni oʻzaro uygʻunlashtirish, davr talabi va ehtiyoji asosida tadbirkorlikni rivojlantirish, oʻrta boʻgʻinda raqabotbardosh mutaxassislar tayyorlash, o‘quvchi yoshlarda tadbirkorlik ko’nikmalarini shakillantirish hamda rag‘batlantirish maqsadida.
Joriy yilning 10-aprel kuni Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabida pedagog o’qituvchilar, ishlab chiqarish ustalari hamda o‘quvchilari bilan birgalikda tadbir bo’lib o‘tdi.
Tadbirda o‘z kasbi orqali samarali daromad topayotgan o‘quvchilarni tadbirkorligini yanada qo’llab quvvatlash hamda qolgan o’quvchilarda ham tadbirkorlik faoliyatiga qiziqish uyg’otish maqsadida ta’lim muassasaning rahbariyati tomonidan moddiy rag’batlantirildi.