Bugungi kunga kelib chet tillari ayniqsa, ingliz tilini o’rganishga bo’lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki bog’cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliztilini o’rganishga harakat qilyaptilar. Bu ijobiy holat albatta, chunki, til o’rganish o’sha tilda gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va gaplashuvchi davlatlar madaniyati, tarixi va urf odatlarini o’rganish bilan birga shaxsiy manfaatlari yo’lida ham eshiklar ochilishiga zamin yaratadi
Joriy yilning 11-aprel kuni Yangiyer pedagogika kollejida Guliston Davlat Pedagogika Institutining rektori A.Qalandarov tomonidan «Oliy ta’limga yoshlarni jalb qilish va chet tillarni o’qitishni takomillashtirish» xorijiy til kursini tashkil qilish va B2 darajali sertifikatlarini qo’lga kiritishda amaliy yordam berish maqsadida o’quvchi yoshlarga tushunchalar berib o’tdilar.