Joriy yilning 10-aprel kuni Yangier tibbiyot kolleji «Feldsher-laborantlik» kasbi bo‘yicha ta’lim olayotgan 17 nafar o‘quvchi-qizlarni zamonaviy tekshirish usullari bilan tanishtirish hamda ishlab chiqarish va bitiruv oldi amaliyotlarini tashkil etish maqsadida biriktirilgan o‘qituvchining boshchiligida, Yangier shahrida joylashgab “ASTRO NEYROMED” MCHJ ga sayohat uyushtirishdi.
O‘quvchilar mazkur klinikaning faoliyati bilan yaqindan tanishishi tanlagan kasblariga nisbatan qiziqishlarini yanada oshirdi.
“ASTRO NEYROMED” MCHJ Ambulator sharoitida terapiya, kardiologiya (intervension kardiologiyadan tashqari), nevrologiya, otorinolaringologiya, ginekologiya va urologiya ixtisosliklari boʻyicha diagnostika, maslaxat va konservativ davolash, terapevtik stomatologiya, ultratovush diagnostikasi hamda klinik laboratoriya diagnostika markazi hisoblandi