Bolalardagi matematik bilim hayotdan ajralmagan holda dunyoni chuqurroq, to’laroq o’rganishga imkon yaratadi. Matematik masalalarni yechish jarayoni o’zining mohiyati bo’yicha mustaqil fikrlashni talab qiladi, matonat shakllanadi, ijodiy qobiliyatlar rivojlanadi. Matematik tushunchalarni rivojlantirish darajasi turli insonlarda turlicha bo’ladi. Uning shakllanishi doimiy mashq qilishni talab qiladi. Bu mashqlar oila va maktabgacha ta’limdan boshlanadi. Oilada ota-ona bo’lsa, maktabgacha ta’limda albatta tarbiyachi-pedagog bo’ladi.
Shuning uchun har bir pedagog bolaga matematik tasavvurlarni shakillantirar ekan, pedagogikaning nazariyasi va o’qitishning zamonaviy pedagogik texnologiyalari (interfaol metodlar,individual yondashish,mustaqil shig’ullanishga o’rgatish va hk) hamda milliy istiqlol g’oyalari bilan qurollangan bo’lishlari kerak. Nazariy jihatdan to’la asoslangan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va zamonaviy axborot texnologiyalarni bugungi kunda ta’lim jarayoniga qo’llash eng dolzarb masalaga aylangan.
Joriy yilning 30-mart kuni Yangiyer pedagogika kollejida maxsus fanlar kafedrasi katta o’qituvchisi E.Abdurashidovaning ham Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirish fanidan «Bolalarning matematik tasavvurlarini shakllantirishda qo’llaniladigan ko’rgazmali materiallar» mavzusida ochiq darsi bo’lib o’tdi.