Boyovut tumani innovatsion hududida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.

⚡️Boyovut tumani innovatsion hududida Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari va O‘zbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.

🔰Seminarda ishtirok etgan fermer xo‘jaligi rahbarlari, ilmiy tadqiqot instituti xodimlari zamonaviy qishloq xo‘jalik texnikalarini ishlab chiqarish va joriy etishdagi yangiliklar bilan tanishtirildi. Seminardan kutilgan asosiy maqsad, institutda yaratilayotgan yangi ilmiy, innovatsion va tijoratlashtirish ishlanmalarini hududiy qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida sinash va joriy etish yuzasidan o‘zaro hamkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

🔰Suhbat davomida qishloq xo‘jaligi sohasiga innovatsiyalarni joriy qilishda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari bilan hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan