Sayxunobod tumanida paxtachalik, dala madaniyati, loyixalarni amalga oshirilishi holati buyicha vazir tashrif buyurdi.

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Paxtachilik kengashi va ishchi guruhi aʼzolari ishtirokida dalalarda chigit ekish holatini oʻrganish maqsadida Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi qator obyektlarni koʻzdan kechirdi.

Kengash va ishchi guruh aʼzolari dastlab tumandagi «Dax poli tex” MCHJ Guliston SIUda ekilayotgan “Ravnaq-1” g’o’za navini ekilishi jarayoni bilan tanishdi. Urugʻlik materiali tayyorlash, chigitlarni dorilash holati, dala maydonlariga yetkazib berish tartibi oʻrganildi. Bundan tashqari «Dax poli tex” MCHJ tomonidan tashkil etilgan urug’chilik saqlanish holatlari bilan tanishib o’tdi.

Paxta dalalarining joriy holati va ayni paytda chigit ekilayotgan paxta maydonlari ham oʻrganildi. Xususan, namunaviy maydon sifatida alohida tanlab olingan konturda yuqori hosildorlikni taʼminlashga oid koʻrilayotgan agrotexnik tadbirlar, paxtachilikda yangi tizimni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi muhokama etildi.

Shuningdek, tashrif davomida dalalar chetida foydalanilmayotgan maydonlarga turli qishloq xoʻjaligi ekinlari – oshqovoq, tut, uzum koʻchatlarini yetishtirish ishlarni kengaytirish, ularni zarur agro-texnik tadbirlar doirasida ekish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan