Amaliyot – malakali mutahassislarni tayyorlash uchun zarur bo’lgan o’quv jarayonining majburiy tarkibiy qismi bo’lganligi sababli, o‘quvchinining kelajakdagi mutaxassisligiga mos keladigan korxonalarda tashkil etilmoqda.
Xususan, Sardoba tuman kasb-hunar maktabi hamda «Sardoba Oqsaroy tekstil» korxonasi bilan tuzilgan o’zaro hamkorlik shartnomasiga asosan mazkur korxonada kasb-hunar maktabining “tikuvchi” kasbi bo’yicha ta’lim olayotgan bir guruh o’quvchi-qizlar o‘quv amaliyotlarini o’tashmoqda.
Bundan tashqari o’quvchi-qizlar tomonidan amaliyot jarayonlarida bajarilgan ishlar uchun korxona oylik maosh ham to’lab bermoqda.