Al Husayn Ibn Abdulloh ibn Al-Hasan ibn Ali Ibn Sino – buyuk olim, tabib, musiqachi. O‘rta Osiyo va Eronda yashagan, turli hukmdorlar paytida tabib va vazir bo‘lgan. Ibn Sino risolalari Sharq hamda G‘arbda bag‘oyat mashhur. “Tib qonunlari” nazariy va klinik meditsina entsiklopediyasi — yunon, rum, hind hamda o‘rta osiyolik tabiblar nuqtai-nazari jamlanmasi — bir necha asr davomida, hatto Ovrupada ham zarur qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan.
Joriy yilning 16-mart kuni Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida «Ibn Sino izdoshlari» ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘lig‘ni Saqlash Vazirligining ma’sul vakillari G. Yunusovna, J. Omonovalar qatnashishdi.
Ko’rik-tanlovda viloyat tibbiyot professional ta’lim muassasalarining o‘quvchi qizlari beshta shart bo‘yicha bellashdilar. Tanlov shartlar natijalariga ko‘ra
1-o‘rinni Guliston tibbiyot kolleji o‘quvchisi,
2-o‘rinni Sirdaryo Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomartligi texnikumi o‘quvchisi,
3-o‘rinni Yangiyer tibbiyot kolleji o‘quvchisi egallashdi.
Tanlov g’oliblariga tashkilotchilar tomonidan estalik sovg‘alar hamda diplomlar topshirildi.