Joriy yilning 15-mart kuni «Sirdaryo viloyatining 60-yilligi» munosabati bilan kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida stol tennis hamda futzal bo’yicha  sport musobaqasi o‘tkazildi.

⚽️Joriy yilning 15-mart kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi  O’zbekiston Respublikasi Prezidentining  2020-yil 30-noyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PF-6099-sonli farmon ijrosi  hamda «Sirdaryo viloyatining 60-yilligi» munosabati bilan Sirdaryo viloyati Futbol assotsiasiyasi, viloyat yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda kasb-hunar maktabi o‘quvchilari o‘rtasida stol tennis hamda futzal bo’yicha  sport musobaqasi o‘tkazildi.

🔰Futzal bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada 11 ta jamoa tarkibida 110 nafar o‘quvchi-yoshlar ishtirok etib, unda Mirzaobod tuman kasb-hunar maktabi jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

2-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi 3-o’rinni Sardoba tuman kasb-hunar maktabi o‘quvchilari qo’lga kiritishdi

O‘tkazilgan musobaqaning stol tennisi sport turi bo‘yicha o‘g‘il bolalar o‘rtasida

1️⃣- o’rin Sayhunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi (KHM) o‘quvchisi J.Husanov

2️⃣-o’rin Boyovut tuman 1-son KHM o’quvchisi Z.Olimnazarov

3️⃣-o’rinni Sirdaryo tuman KHM o’quvchisi D.Zinovyev

Qizlar o‘rtasida

1️⃣-o’rin Sirdaryo tuman KHM o‘quvchisi O.Akbaraliyeva

2️⃣-o’rin Guliston tuman KHM o’quvchisi I.Bozorboyeva

3️⃣-o’rinni Sayhunobod tuman 2-son KHM I.Namozboyeva;

G’olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar, diplomlar hamda medallar topshirildi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan