Joriy yilning 28-fevral kuni Sirdaryo viloyati Sayxunobod tuman 1-son kasb hunar maktabi rahbariyati viloyatda joylashgan “Orchid beauty textile” korxonasida boʻlib, u yerdagi mavjud boʻsh ish oʻrinlari bilan tanishdilar. Korxonaning ma’sullari bilan suhbatda, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar boʻyicha maʼlumot olishdi hamda kelgusidagi hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar toʻgʻrisida kelishib olishdi.
Professional ta’lim muassasa o‘quvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida mutasaddilar tomonidan bu kabi tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.