Joriy yilning 10-mart kuni Guliston shaxar 1-son bolalar va o‘smirlar sport maktabida Viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi, viloyat tibbiyot birlashmasi hamkorligida viloyat kasb-hunar maktablari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” kongillilar klublari o‘rtasida viloyat musobaqasi tashkil etildi.
Musobaqa avvalida so‘z olgan hamkor tashkilot vakillari Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularning jismoniy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga bugun alohida e’tibor qaratilayotganligini ta’kidlashdi. Tashkil etilgan mazkur musobaqa navqiron avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning fuqaro muhofazasiga oid bilimini boyitish, yoshlarda favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish va o‘zgalarga yordam berish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Musoboqada ishtirokchilar bir necha bosqichda o‘zaro bahslashdilar. Birinchi bosqichda maxsus arqon va asbob-anjomlar yordamida daryoni kesib o‘tish, ikkinchi bosqich estafetali yugurish, uchinchi bosqich jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini amalda bajarish to‘rtinchi bosqich favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasiga oid umumiy savollarga javob berishdi.
Musobaqaning umumiy natijalari bo‘yicha hay’at kengashi eng yaxshi jamoalarni aniqlashdi unga ko‘ra
1.Boyovut tuman 1-son kasb-hunar maktabi 1-o‘rinni
2.Sayxunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi 2-o‘rinni
3.Xovos tuman 2-son kasb-hunar maktabi 3-o‘rinni egallashdi.
Musobaqa g’oliblariga kubok medal hamda diplomlar topshirildi.